Kompyuter fani (computer science).

Ushbu darslikda siz kompyuterlarni rivojlanish bosqichlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Abakus

Komyuter “hisoblash mashinasi” degan ma’noni anglatadi. Dunyoda birinchi xisoblash mashinasi bu abakus(schet) hisoblanar ekan. U birinchi bo’lib insoniyat tarixida xisoblash uchun yaratilgan qurilma edi.

Paskaline (Paskalayn o'qiladi)

1642 yilda Blez Paskal tomonidan “Paskaline” mexanik kalkulyator yaratilgan. Bu ixtiro birinchi texnofobiyaga ham sababchi bo’lgan ya’ni matematiklar o’z ishlarini yo’qotib qo’yishdan qo’rqishgan.

Stepped reckoner yoki Leibniz kalkulyatori

1966 yillarda Gottfried Leibniz paskal yaratgan mashinadan ruhlanib o’zining yangi ko’paytirish, bo’lish, qo’shish va ayirishni xisoblovchi yangi mashinasini yartdi. Asosiysi u birinchi bo’lib binary arifmetik tushunchasini kiritdi. Binary bu ikkilik sanoq sistemasi bo’lib, marcha ma’lumotlarni ifodalashda 0 va 1 dan foydalaniladi. Keyingi darslarimiz davomida binary sanoq tiziminig hozirgi kundagi qo’llanilishi va nima ekanligini ko’rib chiqamiz.

Charlz Babbajning dvigateli

1820 yillarga kelamiz bu yerda biz Charlos Babbage(Bebbej o'qiladi) ni ko’rishimiz mumkin. Uni o’zining mexanik xisoblash divigatellari tuzilishiga ko’ra kompyuter otasi deb atashadi. Keyinchalik Babbage o’zining ikkinchi analitik divigatel g’oyasini ustida ishlay boshlaydi. Ushbu dvigatelning boshqalaridan farqi, u o’zida ma’lumot saqlab qolishi va perfokartalarni o’qiy olish qobiliyati borligi edi.

Perfokarta bu oldindan belgilangan pozitsiyalarda teshiklarning mavjudligi yoki yo'qligi bilan ifodalangan raqamli ma'lumotlarni saqlaydigan qattiq qog'oz.

Babbagening ushbu g’oyasi yetarli topilmalar bo’lmagani sabab amalga oshmadi. Shuningdek unga yaqin ishlaganlardan biri bu Ada lovelace. U dunyoning birinchi dasturchisi sifatida qaraladi. Ada Lovelace dasturlashning asoslaridan bo’lmish malumotlar tahlili, sikllar va xotira manzillari to’g’risida ma’lumotlarni qoldirgan.

Elektrda ishlovchi jadvallash mashina

Babbagedan ilhomlangan holda 1890 yilda amerikalik Harmen Hollerith birinchi elektromexanik mashinani ixtiro qiladi. U amerika aholisini jadvalini tuzishda ishlatiladi. Hollerthning ushbu jadval tuzuvchi qurilmasi juda muvoffaqiyatli bo’ladi va hattoki u qurilmani sotish uchun o'z firmasini tashkil qiladi, bu kompaniya oxir-oqibat IBMga aylandi.

Z3 Kompyuteri

1936 - yilda germaniyalik injiner Konrad Zuse dunyoning birinchi dasturlanadigan kompyuetrini ixtiro qildi. Uning qurilmasi perfokartalardan ko’rsatmalarni o’qib javobni chiqarishda mantiqiy va ikkilik sanoq sistemasidan foydalangan. Javob rost yoki yolg’on ko’rinishida ham namoyon bo’lgan. Keyinchalik Zuse ma’lumotlarni ikkilik sannoq sistemasida kodlashda perfokartalardan foydalangan. Bu birinchi marta malumotlar saqlanishi hisoblangan.

Harvard Mark1

1937-yilda Howard Aiken va uning jamoasi, IBM bilan birgalikda Babbagening analitikal dvigatelidan ilhomlangan holda Harvard Mark1 hisoblash mashinasini ustida ish olib bora boshalshadi. Ushbu mashina 1 millionga yaqin qismlar, 800 km dan oshiq simlardan iborat bo’lib, og’irligi 5 tonnaga yaqin bo’lgan. U o’zida har biri 23 xonali bo’lgan 72 ta raqamni o’z ichida saqlashi mumkin edi. U sekundiga 3 ta qo’shish yoki ayirish amalini, ko’paytirishni 6 sekundda, bo’lishni bo’lsa 15.3 sekundda, logorifm fa qiyinroq misollarni 1 daqiqada amalga oshirgan.

Zamonaviy hisoblashning birinchi davri

ABC kompyuteri

Zamonaviy hisoblashning birinchi davriga ham keldik. Vakum truba davri to’liqligicha raqamli va avvalgilariga nisbatan kamroq kuch va vaqt talab qilgan. 1937 va 1942 yillarda birinchi raqamli kompyuter John Atanasof va uning o’quvchisi Clifford Berry tomonlaridan ishlab chiqildi. Kompyuter ABC deb nomlangan. Avvalgilaridan farqli ravishda ABC bir vaqtning o’zida 29 ta tenglamani yecha olardi.

ENIAC

1946 chi yilda ENIAC yaratiladi. Unda 18,000 vakum trubalari mavjud bo’lib, bunday kompyuter uchun kattagina xona kerak bo’lgan. ENIAC birinchi yuqori tezlikka ega elektrdagi raqamli kompyuter sifatida qaraladi.

EDVAC

Yana ko’plab izlanishlardan so’ng bir sekundiga 1000 dan ortiq operatisyalar bilan ishlaydigan hajmi ham kichikroq, birinchi o’zida programma saqlovchi EDVAC 1950 yilda ishlab chiqiladi. Biz boshlab mexanik tarzda ishlovchi mashinalarni ko’rib chiqdik, keyinchalik elektro mexanik tarzda ishlovchilarini ham ko’rdi, oxirida bo’lsa elektrik hisoblash mashinalarini ko’rib chiqdik.

Vakum trubalarning kamchiliklari ko’p edi, masalan ENIAC da 18,000 vakum trubalar judayam katta joyni egallabgina qolmay kuniga 50 ta atrofida kuyib qolar ekan. Shuningdek, vakum trubalar ko’pligi quyidagilarga ham sabab bo’lgan, masalan: og’irlik keskin oshishi, ko’p energiya sarflanishi kabilardi. Sarflanadigan energiya bitta kichikroq shaxarchaning energiyasiga teng bo’lgan.

Zamonaviy hisoblashning ikkinchi davri

TRADIC va birinchi qattiq disk

1947-yilda birinchi silikon tranzistori Bell Labs tomonidan yaratildi va 1954-yilda birinchi tranzistorli TRADIC deb nomlanuvchi kompyuter paydo bo’ldi. Birinchi qattiq diskni IBM kompaniyasi 1957 - yilda tanishtiradi. U 5 megabaytni saqlashi mumkin edi va og’irligi 1 tonna bo’lgan, ma’lumotlarni oylik saqlash narxi bo’lsa taxminan hozirgi kunga nisbatan 27,000 dollar atrofida bo’lgan.

Zamonaviy hisoblashning uchinchi davri

Zamonaviy hisoblashning uchinchi davriga hozirgi kompyuterlar misol bo'la olishi mumkin

Last updated